6 Noyabr 2024, 18:53 •Oʻzbekiston
Qashqadaryoda Cobalt’ni ulkan tosh bosib qoldi
Hodisa tufayli “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarini bogʻlovchi “Taxtaqoracha” dovonida koʻchki yuz berib, Cobalt’ni ulkan harsang tosh bosib qoldi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati shu boisdan dovonda avtomobillar harakati vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 6-noyabr kuni M-39 avtomobil yoʻlining Kitob tumanidan oʻtgan 1138-kilometrida sodir boʻlgan.
Dovonining qayta ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi YHXX xabarida.
Turli manbalar mazkur baxtsiz hodisa oqibatida 3 kishi halok boʻlgani haqida yozmoqda. Rasmiylar voqea haqida hozircha batafsil maʼlumot bermadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19