“Qamchiq” dovonida koʻchki sodir boʻldi
FVV haydovchilardan xavfli uchastkalarda toʻxtatmasligini soʻramoqda.
Bugun, 6-noyabr kuni soat 4:55 larda A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi 238,5 kilometrida koʻchki sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Vodiy — Toshkent” yoʻnalishida togʻ qiyaligidan yogʻingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam tosh — tuproq aralashmasi koʻchkisi kuzatilgan. Hodisa yoʻlning xandaq qismiga tushgan boʻlib, harakat xavfsizligiga taʼsir yetmagan.
Koʻchki oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Voqea joyida “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK kuch va vositalari bilan ofat massalarini tozalagan. “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin — qutqaruv boshqarmasi va YPX otryadi xodimlari avtomobil yoʻlida xavfsizlik choralarini koʻrgan, deyiladi xabarda.
Shuningdek, FVV dovon orqali harakatlanuvchi haydovchilardan xavfli uchastkalardan transport vositalarini toʻxtatmasligini hamda ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilarga rioya etishlarini soʻragan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida fuqaro 5 metrlik chuqurlikka tushib ketdi Toshkentda qoida buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi “Qamchiq” dovonida yana bir yuk avtomobili yonib ketdi Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi FVV aholi va korxona rahbarlariga murojaat bilan chiqdi