Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
DXX tuman hokimi o‘rinbosari va hokim yordamchilarining noqonuniy harakatlarini fosh qildi.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari va hokim yordamchilari noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tumandagi Qorashina shaharchasini obodonlashtirish doirasida qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligining ma’muriy binosi yonida 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur obyektdagi kamchiliklarni solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan bartaraf etib berish evaziga 15 million so‘m olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi ham qo‘lga olingan.
Hozirda hokim o‘rinbosari hamda davlat unitar korxonasining yetakchi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari fuqaroga Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida bankdan 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i olib berish evaziga 20 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi o‘z xizmati uchun 10 million so‘m hamda Xatirchi tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki mutaxassisi esa tegishli hujjatlarni tayyorlab, kredit mablag‘i ajratib berish evaziga 2 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXXning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bankdan 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratilishida yordam berish evaziga 9 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 214-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda mashinada 50 kilodan ortiq narkotik modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi Namanganda kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi Samarqandda pora olgan podpolkovnik qo‘lga tushdi