Layk uchun otasini urishini aytgan 24 yoshli yigit nazoratga olindi
Toshkent viloyatida 100 mingta layk uchun otasini urishini aytgan 24 yoshli yigit ishi IIB nazoratiga olindi.
Ijtimoiy tarmoqda bir yigitning TikTok’da 100 mingta layk uchun otasini urishini aytgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov ushbu holat boshqarma tomonidan nazoratga olinganini bildirdi.
Uning qayd etishicha, holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha axborot beriladi.
Gap shundaki, 24 yoshli U.S. ismli yigit mazkur videoni TikTok platformasiga joylashi, agar 200 ming layk yig‘sa, otasini qariyalar uyiga yuborishini va o‘zining bu so‘zlariga javob berishini ham aytgan.
Gapni ko‘paytirmayman. Agar ushbu videomiz yuz mingta layk to‘plasa, adamni uraman. Jag‘ga javob, yuz foiz aytyapman, gapga javob beradigan bolaman. 24 soat ichida 100 ming layk yig‘ilsa, o‘sha payt borib, otamni urib, videoga olib TikTok platformasiga joylayman. Ko‘rasizlar, degan u.
Aniqlanishicha, video joriy yilning 1-noyabr kuni tasvirga olingan. Yigit videoni hazil tariqasida olganini, kutilmaganda tarqalib ketganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat boshqa takrorlanmaydi.
Мавзуга оид хабарлар:
Avstraliya o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqchi Farg‘onada onlayn qimorni targ‘ib qilgan bloger ushlandi Blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi Poytaxt IIBB internetdagi firibgarlikdan ogohlantirdi Qiz farzandli boʻlsa, uni axlatga tashlashini aytgan blogerga jinoyat ishi ochildi