5 Noyabr 2024, 09:40 •Jahon, Oʻzbekiston
Qozog‘istondagi chegara o‘tish punktida o‘zbekistonlik haydovchi pichoqlandi
Qozog‘istonda o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidagi “Maysiy” postida o‘zbek haydovchisini qozoq yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Transport vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, chegaradagi “S.Najimov – Kazigurt” nazorat-o‘tkazish punktida sodir bo‘lgan hodisa, shuningdek, “Kurmangazi” chegara o‘tish punktida Astraxan shahri yo‘nalishida yuk avtotransport vositalarining to‘planib qolish holati yuzasidan Qozog‘iston Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralarda Qozog‘iston tomoni o‘zbek haydovchisiga jarohat yetkazish bilan bog‘liq hodisa tegishli organlar tomonidan nazoratga olinganini maʼlum qilgan.
Hozirda Turkiston viloyati Sariyog‘och tuman politsiya bo‘limi tomonidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 293-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan, gumondor shaxs bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi qidirilmoqda.
“Kurmangazi” chegara o‘tish punktida avtotransport vositalarining to‘planib qolishi holatini oldini olish bo‘yicha esa Qozog‘iston mas’ullari barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda.
Soʻnggi yangiliklar
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19