Oʻzbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
Oybek Eshonov Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi.
Oʻzbekistonning Indoneziyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Eshonov Indoneziya poytaxtiga bordi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Oybek Eshonov 57 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakulteti, shuningdek, davlat rahbari huzuridagi Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan.
2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, Oʻrta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Fors va ingliz tillarini mukammal biladi.
Oybek Eshonov 2018-2022-yillarda Oʻzbekistonning Jakartadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi etib tasdiqlangan Ulugʻbek Rozukulov oʻrniga tayinlandi.