To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga oshdi
2024-yilning o‘tgan 9 oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshib, 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshdi. Bu haqda 31-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
Bu davrda pul o‘tkazmalari hajmi 11,62 milliard dollarni tashkil etdi (2023-yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 8,4 milliard dollarni ko‘rsatgan). O‘zbekistonga eng ko‘p jo‘natilgan pul iyulda kelib tushgan — 1,78 milliard dollar. 10 oy ichida bu summa 12,5 milliard dollarni tashkil etdi.
MB rahbarining so‘zlariga ko’ra, Rossiyadan o‘tkazmalar 35 foizga — 8,75 milliard dollargacha o‘sdi, uning ulushi esa — 77 foizdan (birinchi yarim yil oxirida) 75,3 foizgacha kamaydi. Janubiy Koreyadan 420 million dollar (+76 foiz), Qozog‘istondan — 625 million dollar, AQShdan — 415 million dollar, Turkiyadan — 291 million dollar, Buyuk Britaniyadan — 93 million dollar (+67 foiz), Polshadan — 48 million dollar (deyarli 2 barobar o‘sish) kelib tushdi. BAAdan tushumlar 66 foizga oshdi (hajmi e’lon qilinmadi).
Мавзуга оид хабарлар:
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi Kredit olishdan ixtiyoriy voz kechish mumkin bo‘ladi Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi Fuqarolarga beriladigan bank kartalari soniga limit qo‘ylishi mumkin