2 Noyabr 2024, 08:29 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi

Ularning 13 nafariga ma’muriy jarima, 1 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi

O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan bir yil mobaynida 47−8-modda (ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish / BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima) bilan bugunga qadar 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 13 nafariga ma’muriy jarima, 1 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

189−2-modda (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish / BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima) bilan 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning barchasiga ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47−8 hamda 189−2 moddalari bilan to‘ldirilgandi.

Mashhur yangiliklar