Toshkent va Qashqadaryoda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar B.K. va A.X.ning “Damas” rusumli avtomashinasi hamda B.K.ning xonadonidan sotish maqsadida olib kelingan xorijda ishlab chiqarilgan 13 turdagi jami 8 216 quti umumiy bahosi 225,1 mln soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “T.D.” MChJga tegishli savdo doʻkonidan turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan 155,7 mln soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi