Uch hududda fuqarolarni xorijiy davlatlarga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlganlar ushlandi
O‘zbekistonning uchta hududida fuqarolarni AQSh, Koreya, Yaponiyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlarida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Payariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. ushlandi. Ular o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ni AQShga ishga yuborishni va’da qilgan. Ushbu shaxslar buning uchun 18 000 dollar miqdorida xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olishga erishgan.
Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, u fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 12 600 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Yashnobod tumanida DXX xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirda M.O. va D.A. ismli fuqarolar qo‘lga tushdi. Xabarga ko‘ra, ular fuqaro T.B.ni Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 dollarni olgan.
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda YTH sodir etgan haydovchilar YPX inspektorlariga qarshilik ko‘rsatdi Poytaxtning uch tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Toshkentga to‘rtta yangi kirish darvozasi quriladi Toshkentda Tracker va skuter ishtirokida YTH yuz berdi Toshkentdagi bog‘chada bola ayollar kiyimini kiyib, raqsga tushishga majburlandi