Surxondaryoda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi
Surxondaryoda iste’molchilarga issiqlik ta’minoti berish 1-noyabrdan boshlanadi.
Surxondaryo viloyatida aholi turar joylari va ijtimoiy soha obektlariga issiqlik ta’minoti berish 2024-yil 1-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda 2024-yil 29-oktyabr kuni e’lon qilingan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning farmoyishida ma’lum qilingan.
Farmoyishga ko‘ra, tuman va shahar hokimliklari 31 oktyabrdan ijtimoiy obektlar va kommunal soha korxonalarida kun-u tun ishlovchi shtab tashkil qiladi. Gaz, elektr va suvga mas’ul tashkilotlar hokimliklar bilan avariyaviy xizmatlar tashkil etib, uni texnikalar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, farmoyishda «Temiryo‘lyonilg‘ita’min” birlashgan yonilg‘i ombor xo‘jaligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari Termiz shahar va tumanlar hokimlari bilan birga ijtimoiy soha muassasalariga hamda viloyat aholisiga 2024 yil 1 dekabrgacha ajratilgan ko‘mir mahsulotlarining to‘liq yetkazib berilishini ta’minlashi topshirildi.
Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari A.Amirov zimmasiga yuklangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda 11-sinf qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi Gaz ta’minoti xodimi gaz ballonlarini yashirib, pullayotgani aniqlandi Surxondaryoda benzinni kamaytirib sotgan “zapravka” aniqlandi Surxondaryoda 1,47 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi Surxondaryoda katta bosimli gaz quvuriga avtomobil borib urildi