31 Oktabr 2024, 10:48 Oʻzbekiston

Poytaxtning uch tumani vaqtincha “svet”siz qoladi

Taʼmirlash ishlari sabab Toshkentning uch tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi.

Poytaxtning uch tumani vaqtincha “svet”siz qoladi

Toshkent shahrining Yunusobod, Bektemir va Olmazor tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 31-oktyabr kuni yuqoridagi tumanlardagi elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida, elektr taʼminoti maʼlum vaqtga toʻxtatiladi.

Elektr taʼminoti oʻchiriladigan hududlar:

  • Yunusobod tumani: Iftixor hamda Naqshbandiy MFYlarining ayrim hududlarida soat 12:00 dan 18:00 gacha;
  • Bektemir tumani: Nurli yoʻl, Musaffo hamda Sohil MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Ahil”, Moyariq, Yangi Toshkent, Gulzor, Chuqursoy, Oltinsoy, Islom ota hamda Shifokorlar MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:30 gacha.

Manbaga koʻra, mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz, deyiladi “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabarida.

Mashhur yangiliklar