Alisher Usmonov Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanishi mumkin
Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzod bo‘ldi.
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimiga nomzod bo‘ldi. FIE rahbarini saylash 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Usmonov 2008-yildan buyon FIEni boshqarib kelayotgandi. 2022-yil mart oyida u Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgandi. FIE rasmiy saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonov nomzodini Rossiya, Belarus, Serbiya va Xitoy qatori 103 mamlakatning milliy federatsiyalari ko‘rsatgan yoki qo‘llab-quvvatlagan.
Saylovlarda Usmonovning yagona raqibi shvetsiyalik Otto Drakenberg bo‘ladi. Uning nomzodini faqatgina Shvetsiya qo‘llab-quvvatlamoqda.
FIE rahbari saylovi 30-noyabr kuni tashkilotning Toshkentdagi kongressida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis xalqaro federatsiya rahbari vazifasini vaqtincha bajarib kelmoqda.
71 yoshli Usmonov Rossiyadagi 125 milliarder reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi, uning boyligi 13,4 milliard dollarni tashkil etadi. Usmonov qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi bo‘lib, 2008-yildan buyon FIEga rahbarlik qilgan va 2012, 2016, 2021-yillarda qayta saylangan.
2022-yil mart oyida u Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi Tramp o‘zini AQShning 47-prezidenti deb e’lon qildi Saylovda bir kishiga Saylovda bir kishiga bir necha byulleten bergan komissiya a’zosi sudlandi