30 Oktabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalari tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasi yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini tasdiqladi.

Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalari tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasining 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yagona saylov okrugi bo‘yicha (proporsional tizim bo‘yicha yoki partiya ro‘yxati bo‘yicha) deputatlar saylovi yakunlari ma’qullandi va siyosiy partiyalar o‘rtasida 75 deputatlik mandati taqsimlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabarida aytiladi.

Saylov kodeksiga ko‘ra, mandatlarni taqsimlashda avvalo saylov koeffitsiyenti aniqlanadi (“Gazeta.uz” bu haqda saylov yo‘riqnomasida yozgan). U umumiy ovozlarni (14 946 171) o‘rinlar soniga (75) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi va 199 282 ni tashkil qiladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi shu tariqa 26 mandat, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi — 14, Xalq demokratik partiyasi — 12, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi — 12 va Ekologik partiya — 9 mandatga ega bo‘ldi. Ikki mandat taqsimlanmay qoldi.

Kodeksda tasdiqlanmagan o‘rinlar koeffitsiyentning eng katta qoldig‘iga (verguldan keyin oltita raqamgacha) ega bo‘lgan partiyaga bitta mandat berish yo‘li bilan taqsimlanishi belgilangan. O‘zXDP va Ekopartiyada shunday qoldiq kuzatildi.

Shunday qilib, Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari yakunda partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:

  • O‘zLiDeP — 26 o‘rin;
  • “Milliy tiklanish” — 14 o‘rin;
  • XDP -13 o‘rin;
  • “Adolat” — 12 o‘rin;
  • Ekologik partiya — 10 o‘rin.

Mashhur yangiliklar