29 Oktabr 2024, 08:17 •Sport
Eng ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan “Oltin to‘p” Rodriga nasib qildi
“Barselona” a’zosi Aytana Bonmati ayollar o‘rtasidagi “Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rildi.

Fransiyaning Parij shahrida 2024-yilgi “Oltin to‘p” sohibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Manchester Siti” futbolchisi Rodri 2024-yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. Rodri o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” bilan birgalikda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Ispaniya termasi bilan Yevro g‘olibiga aylandi va ushbu turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Shuningdek, quyida mavsumning “eng-eng-eng”lari bilan tanishishingiz mumkin:
- “Barselona” a’zosi Aytana Bonmati ayollar o‘rtasidagi “Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rildi.
- “Barselona” futbolchisi Lamin Yamal eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan “Kopa Trofi” sovrinini qo‘lga kiritdi.
- Madridning “Real” jamoasi yilning eng yaxshi klubi deb topildi.
- “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
- Jenifer Ermoso esa Sokrates nomidagi sovrin sohibiga aylandi.
- Argentina terma jamoasi va “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines eng yaxshi darvozabonga beriladigan Lev Yashin sovriniga ega chiqdi.
- “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn hamda “Real” a’zosi Kilian Mbappega eng yaxshi to‘purarga beriladigan Gerd Myuller sovrini nasib etdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qurʼa tashlandi Futbol bo‘yicha 2030 va 2034-yilgi jahon chempionati qayerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilindiadi OʻzPFL futbolchilarga minimum maosh miqdorini belgiladi FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51
Birjada propan narxi metan narxi oshishi fonida 21 foizga oshdi
1 May 2025, 21:23