28 Oktabr 2024, 12:30 Oʻzbekiston

Termiz shahrida maʼlum vaqt gaz taʼminoti butunlay oʻchiriladi

Termiz shahrida 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Termiz shahrida maʼlum vaqt gaz taʼminoti butunlay oʻchiriladi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish 4 soatga toʻxtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmogʻida oʻrnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 28-oktyabr kuni soat 13:00 dan 17:00 gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti tiklanadi.

Gaz taʼminoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib oʻtadi, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar