26 Oktabr 2024, 17:20 Oʻzbekiston

Yangi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Ustyurtda 29-oktyabr kuni harorat kechasi -2 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sinoptiklar 28-30 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 0-5, ba’zi joylarda -2, kunduzi 7-12; 29-oktyabrda kechasi -3/+2, Ustyurtda kechasi -2/+7, kunduzi 5-10, 30-oktyabrda kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 5-10, Navoiy viloyatining shimolida 0-5, ba’zi joylarda -2, kunduzi 8-13; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5, ba’zi joylarda -2, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 5-10, kunduzi 8-13; 29-oktyabrda kechasi 0-5, ba’zi joylarda -2, kunduzi 10-15; 30 oktyabrda kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi 5-10, kunduzi 10-15; 29-30 oktyabrda kechasi 1-6, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10, kunduzi 10-15; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 28 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5, 29-30 oktyabrda kechasi 0-5, kunduzi 29 oktyabrda 0-5, 30 oktyabrda 2-7 daraja bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar