26 Oktabr 2024, 11:21 Oʻzbekiston

Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirildi.

Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi

Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirilgani bo‘yicha Prokuratura rasmiy munosabat berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 26-oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxslar mazkur avtomashinaga o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashirinishgan.

Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar