O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyadan 20 yilga deportatsiya qilindi
O‘zbekiston fuqarosi radikal g‘oyalarni targ‘ib qilgani uchun Rossiyaga kirish 20 yilga taqiqlandi.
Rossiyaning Amur viloyatidagi korxonalardan birida ishlagan O‘zbekiston fuqarosi radikal g‘oyalarni targ‘ib qilgani uchun 20 yilga Rossiyada bo‘lish huquqidan mahrum etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Monitoring davomida o‘zbekistonlik erkakning Telegram kanalida taqiqlangan ISHID terrorchilik tashkiloti ramzlari bilan tasvirlar joylashtirilgani aniqlangan.
Politsiya xodimlari shaxsiy sahifa foydalanuvchisi Svobodnenskiy tumanidagi korxonalardan birining xodimi, O‘zbekiston respublikasining 27 yoshli fuqarosi ekanini aniqladi. Yigitning profili ochiq bo‘lib, kanalning cheklanmagan foydalanuvchilari joylashtirilgan materiallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniga ega bo‘lgan, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 20.3-moddasi 1-qismiga ko‘ra (federal qonunlar bilan taqiqlangan ekstremistik tashkilotlarning belgilari yoki ramzlarini targ‘ib qilish yoxud ommaviy namoyish etish) aybdor deb topilgan.
Sud qaroriga binoan, uch kunlik qamoqdan so‘ng xorijiy fuqaro Rossiya hududidan chiqarib yuborildi. Ichki ishlar vazirligining Amur viloyati boshqarmasi qaroriga ko‘ra, unga 20 yil davomida Rossiya hududiga kirish taqiqlangan, deya ta’kidlandi Ichki ishlar vazirligi boshqarmasida.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi