Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi takomillashtirilmoqda
Senatorlar “Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.
Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida “Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Qonunda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ular jazo o‘tashini davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish asoslari, shartlari hamda rad etish to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish nazarda tutilgan.
Qonun xorijiy davlatlar sudlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish tartibi, shaxslarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa masalalarga doir qoidalarni qamrab olgan.
Unda mahkumlarni jazoni o‘tashni davom ettirish yoxud ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekistonga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi ham aniq belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi O‘zbekistonda xorijliklarni nomaqbul shaxs deb topish haqidagi qonun kuchga kirdi O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi