Gaz ta’minoti xodimi gaz ballonlarini yashirib, pullayotgani aniqlandi
Surxondaryoda gaz ta’minoti xodimi gaz ballonlarini yashirib, qimmatga sotayotgani aniqlandi.
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida “Uzuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Totugay mahallasi hududidagi ikki fuqaroning uyiga o‘nlab gaz ballonlarini yashirib qo‘ygan. Bu haqda “Xududgazta’minot” matbuot xizmati tekshiruv natijalariga ko‘ra ma’lum qildi.
Bir fuqaroning uyidan 72 ta, ikkinchisinikidan 46 ta suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballon topilgan. Ballonlar noqonuniy ravishda mahalliy aholiga belgilangan narxdan qimmatga sotilayotgani aniqlangan. “Uzuntumangaz” xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi, deyiladi xabarda.
Namangan viloyati Uychi tumanida Ovchinbuloq mahallasida yashovchi fuqaroning novvoyxonasidan 24 dona maishiy gaz balloni va 2 dona gazni avtomobilga o‘tkazishga mo‘ljallangan qo‘lbola moslama topilgan.
Har ikki qoidabuzarlik bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, deya xabar berdi tashkilot.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda 11-sinf qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi Surxondaryoda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi Fargʻonada 414 dona suyultirilgan gaz balloni yashirilgan “bunker”lar aniqlandi Surxondaryoda benzinni kamaytirib sotgan “zapravka” aniqlandi Surxondaryoda 1,47 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi