O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi
Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshganini maʻlum qildi.
O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million kishidan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,4 foizga (1,9 million nafarga) ko‘p. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil qiladi.
Hududlar kesimida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar eng ko‘p Samarqand viloyatida (470,1 ming). Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (413,6 ming) va Toshkent (378,3 ming), Andijon (370,9) viloyatlari turibdi. Toshkent shahrida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 365,1 ming kishini tashkil qilgan.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (2023-yil 1-oktyabrga nisbatan):
- maishiy xizmatlar — 133,6 foiz (987,4 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 113,5 foiz (203,5 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 96,7 foiz (51,6 mingta).
Qo‘mitada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 611,6 ming nafarni tashkil etdi. Shundan 344,7 ming nafari 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni ochiqlandi Samarqandda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi Qashqadaryoda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga to‘lovlar boyicha eslatma xati tarqatdi