Poytaxt hokimligi drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratdi
Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd soʻm ajratildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 21-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Toshkent shahrining drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirgan edi.
Oradan bir kun oʻtib, poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqovning 22-oktyabrdagi qarori bilan Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2024-yil III chorak yakunlari boʻyicha orttirib bajarilgan qismi hisobidan shahar drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd soʻm ajratildi.
Qarorda keltirilishicha, pullar yogʻingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bogʻliq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga taqsimlanadi.
Shuningdek, hujjatda drenaj tizimi uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2024-yil davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan 20 mlrd 400 mln soʻm ajratilgani taʼkidlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi