24 Oktabr 2024, 11:57 Jahon

Putinga BRIKS banknotasi sovg‘a qilindi

Rossiya prezidentiga 100 millionlik ramziy BRIKS banknotasi sovg‘a qilindi.

Putinga BRIKS banknotasi sovg‘a qilindi

Qozonda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ramziy BRIKS kupyurasi sovg‘a qilindi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Kupyura Rossiya prezidentiga kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan yig‘ilishidan so‘ng ko‘rsatilgan. Putin qo‘lida banknot bilan zalni tark etgan, so‘ngra uni vazirlarga tabassum bilan namoyish qilgan. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti kupyurani Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullinaga uzatgan.

Banknot Nabiullinaga yoqmadi, deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Ramziy pulni Savdo-sanoat palatasi bosib chiqargan bo‘lishi mumkin. Peskov banknotni “kvazipul” deb atagan. Prezident matbuot kotibining tushuntirishicha, u BRIKSga a’zo mamlakatlar olib borayotgan hamkorlikning ramzidir. Kupyurada BRIKS ramzlari, unga a’zo davlatlarning bayroqlari tasvirlangan. Nominali — 100 million.

Мавзуга оид хабарлар:

Mashhur yangiliklar