O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni ochiqlandi
Ko‘rsatkichlar 2023-yilga nisbatan 86,8 foizga oshgan.
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million 83 ming 700 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda “Fiskal tahlillar” Telegram kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 57 foizi erkaklar, 43 foizi esa ayollardir. Ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 86,8 foizga oshgan.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:
- maishiy xizmatlar — 133,6 (987,4 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 113,5% (203,5 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 96,7% (51,6 mingta).
Hududlar kesimida olib qaralganda, kuchli uchlikka Samarqand (470 mingdan ortiq), Qashqadaryo (413 mingdan ortiq) va Toshkent (378 mingdan ortiq) viloyatlari kiritilgan. Jizzax, Navoiy va Sirdaryo so‘nggi o‘rinlarda bormoqda.
Shuningdek, yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 611,6 ming nafarni tashkil etdi. Shundan 344,7 ming nafari 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi O‘zbekistonda taksi haydovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni yarim milliondan oshdi