23 Oktabr 2024, 19:28 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotyotgan “zapravka”lar aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan AYQShlar kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatilgan.

Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotyotgan “zapravka”lar aniqlandi

Toshkent viloyatida sifatsiz neft mahsulotlari sotuvga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Unda bir qator AYQShlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlangan.

Xususan, Nurafshon shahrida joylashgan “S.M.O.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) maʼlum boʻlgan.

Shu kabi holatlar Angren shahrida joylashgan “U.” MChJ va Parkent tumanida joylashgan “S.G.O.A.” MChJga qarashli AYQShlarda ham aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatilgan.

Mashhur yangiliklar