23 Oktabr 2024, 11:57 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar ushlandi

Qashqadaryo viloyatida 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar qo‘lga olindi.

Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar ushlandi

Qashqadaryoda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Qarshi va Ko‘kdala tumanlaridagi “L.K.” NMTT hamda “U.B.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan.

Oqibatda 177,1 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar