23 Oktabr 2024, 10:49 Oʻzbekiston

Nukusda kanalda choʻkayotgan 18 yoshli qiz qutqarib qolindi

Nukusda kanalda cho‘kayotgan 18 yoshli qiz Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qutqarib qolindi.

Nukusda kanalda choʻkayotgan 18 yoshli qiz qutqarib qolindi

Nukusda kanalda choʻkayotgan 18 yoshli qiz qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 20-oktyabr kuni soat 16:10 larda Nukus shahar hududidan oqib oʻtuvchi “Doʻstlik” kanalida piyodalar oʻtish uchun moʻljallangan koʻprikdan oʻtayotgan fuqaro A.A. suvda choʻkayotgan qizni koʻrib qolgan. Shundan soʻng u ushbu hududga yaqin boʻlgan Markaziy dehqon bozorida xizmat oʻtayotgan Milliy gvardiya xodimlariga xabar bergan.

Milliy gvardiya xodimlarining tezkor harakati va xabar bergan fuqaroning yordami bilan choʻkayotgan 18 yoshli G.Q. (qiz) qutqarib olinib, unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Shuningdek, chaqiruvga asosan manzilga yetib kelgan tez tibbiy yordam orqali G.Q. Nukus shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy markaziga olib borilgan.

Hozir qizning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar