22 Oktabr 2024, 14:18 Oʻzbekiston

Namanganda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Pop tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Namanganda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyati Pop tumanida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu hada viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Namangan viloyati IIB JXX YHXB hamda Pop tumani IIB rahbarlari tomonidan tumandagi “Navro‘z” mahallasida sodir etilgan YTH mahalla mas’ullari va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan.

Muhokama yig‘ilishida “Navro‘z” mahallasida yuzaga kelgan ayanchli YTH ikki insonning o‘limiga sabab bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Ushbu hodisaga yetaklagan omillar muhokama qilinib, barchani hushyorlikka chaqirish uchun og‘ir oqibatli avtohalokatlar to‘g‘risida tayyorlangan maxsus film yig‘ilganlarga namoyish etilgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmati rasmiylari ushbu YTH haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Mashhur yangiliklar