Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritildi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun [OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.] bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan.
Qonunga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona roʻyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi O‘zbekistonda xorijliklarni nomaqbul shaxs deb topish haqidagi qonun kuchga kirdi O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi