Toshkentda soxta savdogar fuqaroni 22 mln so‘mga chuv tushirdi
“Abu Saxiy” bozorida savdogar ekanini aytgan shaxs o‘zganing 22 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi.
Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro T.M. bank kartasidan 22 million so‘m pulini noma’lum shaxs o‘zlashtirib olgani yuzasidan IIOga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan M.O. jabrlanuvchi bilan Telegram messenjeridagi “Abusaxiy optom” nomli guruh orqali tanishgan.
Gumonlanuvchi shaxs o‘zini “Abu Saxiy” bozorida erkaklar kiyim-kechaklarini ulgurji narxlarda sotuvchi tadbirkor sifatida tanishtiradi va T.M.ga xarid qilgan kiyim-kechaklarni yetkazib berishini aytib aldaydi hamda oldindan 22 million so‘m miqdoridagi pulni taksi orqali olishga o‘zaro kelishadi.
Shundan so‘ng taksi haydovchisi Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga olib kelgan mazkur pullarni aravakash yordamida olib, Paynet shoxobchasi orqali o‘zining bank kartasiga o‘tkazadi. Keyin yozishmalarni o‘chirib, qo‘ng‘iroqlarga javob bermay, jabrlanuvchini “qora ro‘yxat”ga kirgizib qo‘yadi, deyiladi markaz axborotida.
Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi