21 Oktabr 2024, 16:10 Oʻzbekiston

Namanganda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Uchqo‘rg‘on tumanidagi issiqxonada 3 milliard 2 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Namanganda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Guliston shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatida gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib tashlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatida gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib, 223 milli 300 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Bu kabi holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3 milliard 2 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mashhur yangiliklar