Oʻzbekistonda vazirlarga yangi oʻrinbosarlar tayinlanadi
Prezident raqamlashtirish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosar darajasidagi rahbarni tayinlash toʻgʻrisida koʻrsatma berdi.
Oʻzbekistonda vazirlarga raqamlashtirish va xususiylashtirish boʻyicha oʻrinbosarlar tayinlanadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda xususiylashtirish sohasidagi aniq vazifalar va ularni hal etish mexanizmlarini belgilab bergan.
Unga koʻra, 2025-yilda davlat korxonalari, vazirlik va idoralar oldiga xususiy sektorni jalb etish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, keraksiz obyektlarni sotish boʻyicha vazifalar qoʻyilgan.
Davlat rahbari 2025-yilda ham xususiylashtirish ishlarini jadallashtirish topshiriqlar berdi. Shuningdek, buning barcha mexanizmlari, qanday amalga oshirish kerakligi boʻyicha aniq vazifa va yechimlarni koʻrsatib oʻtdi. Prezident raqamlashtirish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosar darajasidagi rahbarni tayinlash toʻgʻrisida koʻrsatma berdi, dedi Akmalxon Ortiqov.
Мавзуга оид хабарлар:
“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd soʻmga sotildi