Toshkentga olib kelinayotgan 1,5 tonna sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Toshkent shahriga 1,5 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlarini olib kelayotgan shaxsga chora ko‘rildi.
Fuqaro Samarqand viloyatining turli hududlaridan chorva mollarining kalla, tuyoq va ichaklarini to‘plab, poytaxtga olib borib sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda “Postda” gazetasida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro foyda olish uchun Samarqand viloyatining turli hududlaridan chorva mollarining kalla, tuyoq va ichaklarini to‘plagan.
Biroq uni sifat masalasi zarracha qiziqtirmadi, shu bois yiqqan 1,5 tonna mahsulotni veterinar tekshiruvidan o‘tkazmadi. Kamiga go‘shtni maxsus jihozlanmagan avtomashinaga ortdi. Yuk mashinasida poytaxtga yo‘lga otlandi.
Soat 23:30 larda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi blokpostida avtomashina to‘xtatilib, go‘sht laboratoriyada tekshiruvdan o‘tkazildi. Tahlillar go‘shtning iste’molga yaroqsiz ekanini ko‘rsatdi hamda kalla, tuyoq va o‘pkalar yo‘q qilindi, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi