O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi
Toshkent–Lohur–Toshkent yo‘nalishida havo qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 15-noyabrdan boshlab “Toshkent–Lohur–Toshkent” yoʻnalishida havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Oʻzbekiston va Pokiston shaharlari oʻrtasida yangi yoʻnalishdagi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokara davom etmoqda.
Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan pokistonliklar uchun viza rasmiylashtirish tartibining soddalashtirilgani hamda toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarning yoʻlga qoʻyilayotgani Pokiston jamiyati uchun quvonarli hodisa boʻldi, dedi faxriy konsuli Najib Vohra.
Bu Oʻzbekiston yetakchisining mintaqaviy bogʻliqlikni qayta tiklash borasidagi siyosati qatʻiy va bu jarayon endi ortga qaytmasligidan dalolat beradi. Mintaqalarimiz oʻrtasida qayta tiklanayotgan aloqalarga yangicha mazmun baxsh etadi. Ishbilarmonlar uchun vaqt eng qimmatbaho neʻmat va qayta tiklanmas resurs hisoblanadi.
Biznes doira vakili sifatida ishonch bilan ayta olamanki, yoʻlga qoʻyilayotgan yangi aviamarshrut ikki mamlakat tadbirkorlarining oʻzaro safarlari davomida sarflanadigan vaqtini tejab, aloqalarni jadallashtiradi, yangi qoʻshma loyihalar uchun yoʻl ochadi.
Taʻkidlanishicha, qatnovlar pokistonliklar uchun Oʻzbekistonning, jumladan Toshkentning transport va tranzit xabi sifatidagi imkoniyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi