21 Oktabr 2024, 08:17 Jahon

Telegram foydalanuvchilari ogohlantirildi

Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda.

Telegram foydalanuvchilari ogohlantirildi

Rossiya IIV Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashishni tashkil etish boshqarmasi firibgarlar Telegram foydalanuvchilariga fotosurat niqobi ostida virus yuborishni boshlagani haqida ogohlantirdi.

Qayd qilinishicha, firibgarlar “Foto” sarlavhasi bilan APK faylini shaxsiy xabar sifatida yubormoqda.

APK – Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun ilovalarni oʻrnatish fayli formati. Agentlik Telegram kanalida yozishmalarning skrinshotini eʻlon qildi, unda suhbatdosh “Foto” deb nomlangan ikkita APK fayli va “Salom, bu suratdagi sizmisiz?” degan savolni yuborgan.

Fotosuratda APK kengaytmasi boʻlishi mumkin emas. Agar siz bunday xabarni olsangiz, hech qanday holatda faylni yuklamang! Bu zararli ilova boʻlishi mumkin, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar