Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
Prezident farmoni bilan Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi.
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda prezident farmoni chiqarildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Mazkur unvon uning davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun berilgan.
Jamshid Qo‘chqorov (1964 y.t.) Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (1985) va Kolorado shtati iqtisodiyot institutini (1996) tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Markaziy bank raisi o‘rinbosari (1996−1997), moliya vaziri o‘rinbosari — Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i (1997−2005), moliya vaziri o‘rinbosari (2005−2016), moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (2017-yilgacha), keyin esa bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri (2017−2020-yillar) bo‘lib ishlagan.
U Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga 2023-yil avgust oyida tasdiqlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatildi O‘zbekistonda texnikum direktorlari endi ochiq tanlov asosida tanlab olinadi O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi