Toshkent viloyatida 22 bosh qo‘yni urib yuborgan Spark yonib ketdi
Ohangaron tumanida Spark qoʻy podasini urib yuborib, oʻzi yonib ketdi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida qoʻylarni urib yuborgan Sparkda yongʻin kelib chiqqan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʻlum qilinishicha, hodisa bugun, 19-oktyabr kuni soat taxminan 05:00 larda sodir boʻlgan.
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan D 017 “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yoʻlining 17-kilometrida haydovchi, 26 yoshli D.Sh. Spark mashinasida ketayotib, yoʻlning qatnov qismida boʻlgan 22 bosh qoʻyni urib yuborgan.
Haydovchi mashinani toʻxtatib, undan tushganidan soʻng Spark salonida yongʻin kelib chiqqan. Oqibatda mashina toʻliq yonib ketgan. Shuningdek, 22 bosh qoʻy nobud boʻlgan. Haydovchi jarohat olmagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda yuk mashinasi haydovchisi vafot etdi Toshkentda Lacetti va skuter toʻqnashdi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Toshkent jamoat transportida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi 1 oyga yopiladi