Toshkentda 5,2 mlrd so‘mlik giyohvandlik vositalari fosh etildi
Toshkent shahrida fuqarolar “duxovka” va kir yuvish mashinasiga katta miqdordagi giyohvandlik vositalari yashirgani aniqlandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tadbirda o‘zini shubhali tutgan 2006-yilda tug‘ilgan shaxs tekshirilgandan yonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositlari topilgan. Uning Mirobod tumanidagi vaqtincha yashash manzilidan esa ichiga 2 kg 50 gr sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan “Duxovka” maishiy texnikasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xonadondan yana ikki turdagi 139 gr sintetik giyohvandlik vositalari, “zakladka” usulida tarqatish uchun qadoqlashda foydalaniladigan elektron tarozi, 1 000 dona “zip paket”, izolyatsion lentasi, jinoiy harakatlarni sodir etishda foydalanilgan noutbuk va 2 dona telefon apparati ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1998-yilda tug‘ilgan shaxs yashash yonidan giyohvandlik vositalari topilgan Uning yashash manzilida ichiga 2 kg 190 gr sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan idish yuvish maishiy texnikasini saqlab kelayotganligi shuningdek 600 dona “zip-paket”, elektron tarozi, izolenta va maxsus moslamalar borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy muomaladan chakana narxi 5 milliard 200 million so‘mlik jami 4 kg 490 gr sintetik giyohvandlik vositasi olinib, hozirda tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi