Samarqand viloyatida “valyutchik”lar ushlandi
Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Samarqand viloyatining ikki tumanida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar B.U. va D.T. fuqaro Q.Y.ga jami 3,2 ming AQSh dollarini 41,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 4 637 AQSh dollari va 2 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Mustaqillik MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.R. fuqaro M.M.dan jami 3,3 ming AQSh dollarini 41,9 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi