18 Oktabr 2024, 19:05 Oʻzbekiston

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Respublika bo‘ylab asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 20-oktyabrga kelib kechasi 10-12 darajani, kunduz kuni 25-28 darajani tashkil etadi.

Faqat 19-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20-oktyabrda esa yomg‘ir Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘adi.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Harorat 19-oktyabrda kechasi 6-8, kunduzi 23-25, 20-oktyabrda kechasi 9-11, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar