Aholining sanitar tozalash xizmatlaridan debitor qarzdorligi 585 mlrd so‘mga yetdi
Shuning uchun qisqa raqamlar orqali fuqarolarga SMS xabarnomalar yuborilishi boshlangan.
O‘zbekistonda aholining sanitar tozalash xizmatlaridan qarzi 585 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda “UzReport” telekanali efirida xabar berildi.
Qayd etilishicha, aholida to‘lov intizomi darajasining pastligi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuning uchun hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatining qisqa raqami orqali fuqarolarga SMS xabarnomalar yuborilishi boshlangan.
Prezident farmoniga ko‘ra, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yangi tizim birinchi bosqichda 2024-yil birinchi iyundan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida olti oylik qarzdorlik uchun joriy etilishi nazarda tutilgan.
Ikkinchi bosqichda, 2024-yil birinchi noyabrdan respublikaning barcha hududlarida uch oylik qarzdorlik uchun, uchinchi bosqichda 2025-yil yanvardan boshlab oylik qarzdorlik uchun joriy etilishi nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, yuborilgan SMS xabarnomalardagi qarzdorlik miqdori bo‘yicha fuqarolarda e’tirozlar mavjud bo‘lsa, 1205 qisqa raqamiga og‘zaki ariza qoldirishlari mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi