Bahaybat it tashlangan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Toshkent viloyatida it tishlagan 4 yoshli bolaning hozirgi holati haqida ma’lumot berildi.
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 4 yoshli bolaga it tashlangandi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. “Millar” dasturida bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi.
Dasturda ma’lum qilinishicha, voqea 16-oktyabr kuni soat 07:30 larda sodir bo‘lgan. Ayol qizi va o‘g‘lini maktab, bog‘chaga olib ketayotganida it tashlanib qolgan.
Ayolim tez yetib keling, 5-shifoxonaga ketyapmiz, bolani kuchuk tishlab tashladi, degan paytda hissiyotimni so‘zda ifodalab bo‘lmaydi”, deydi bolaning otasi.
U daydi itlar ko‘payib ketganini bildirib, ularni yo‘qotish, xavfsizlantirishni so‘ramoqda. Bola hozir shifoxonada bo‘lib, muolajalar olmoqda. Aniqlanishicha, it uning bo‘yin sohasi, ko‘krak qafasi sohasi va o‘ng qo‘l to‘rtinchi barmog‘ini tishlagan, ko‘p jarohatlar yetkazgan.
Quturishga qarshi vaksinalar va antibakterial dori muolajalari qilindi. Veterinar ko‘rigi bo‘yicha it nazoratga olingan, 10 kun davomida kuzatilib, sog‘lig‘i bo‘yicha bizga ma’lumot berishadi. Ungacha bola bizning shifoxonada yotib, quturishga qarshi davo muolajalarini oladi. Bolaning ahvoli hozir yaxshi, deydi bolani davolayotgan shifokor.
Toshkent tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimining bildirishicha, bolani tishlagan it 10 kun saqlanadi va egasi bo‘lmasa, pitomnikka topshiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi