Andijonda giyohvand modda sotayotgan shaxslar ushlandi
Hozirgi kunda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyatida giyohvand moddalari oldi-berdisi bilan shug‘ullangan 18 va 28 yoshli fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 oktyabr kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida 1996 yilda tavallud topgan fuqaro og‘irligi 100,85 gramm gashish giyohvandlik moddasini 240 ming so‘m evaziga pullayotganda qo‘lga olingan va giyohvand modda daliliy ashyo sifatida olingan.
Yana bir holatda joriy yilning 16 oktyabr kuni Andijon shahrida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘irligi 0,87 gramm gashish moddasini 500 ming so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi