18 Oktabr 2024, 11:23 Oʻzbekiston

Surxondaryoda katta bosimli gaz quvuriga avtomobil borib urildi

Surxondaryoda gaz quvuriga avtomobil borib urilishi oqibatida 3 950 ta xonadon va 20 ta yirik isteʼmolchi vaqtincha gazsiz qoldi.

Surxondaryoda katta bosimli gaz quvuriga avtomobil borib urildi

Surxondaryo viloyatida gaz quvuriga avtomobil urilishi oqibatida gaz taʼminotida uzilish yuz berdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 18-oktyabr kuni tungi soat 01:30 lar atrofida Denov tumanida yuz bergan. Tumanning “Olovuddin” mahallasi hududidan oʻtuvchi katta bosimli gaz quvuriga avtomobil urilishi natijasida gaz taʼminotida uzilish sodir boʻlgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tumandagi 3 950 ta xonadon va 20 ta yirik isteʼmolchi vaqtincha gazsiz qolgan.

Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha iste’molchilardan uzr so‘ragan va ta’minotni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

“Hududgaz Surxondaryo” soat 09:34 da tumanda joylashgan aholi iste’molchilari va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash qayta tiklanganini ma’lum qildi.

Mashhur yangiliklar