18 Oktabr 2024, 10:15 •Oʻzbekiston
Toshkent viloyatida noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Yuqori Chirchiq tumanida mayning ferma tashkil etib, qariyb 140 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida mayning ferma tashkil etilgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro K.A. “Navro‘z” MFY hududidagi xonadonida qonunga xilof ravishda telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
Faoliyat davomida jami 139,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Bahaybat it tashlangan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi Toshkent viloyati uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi Toshkent viloyatida Jiguli va Niva ishtirokida YTH sodir boʻldi
Soʻnggi yangiliklar
Aholining sanitar tozalash xizmatlaridan debitor qarzdorligi 585 mlrd so‘mga yetdi
18 Oktabr 2024, 14:56Bahaybat it tashlangan bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi
18 Oktabr 2024, 14:23Namanganda inspektor va tadbirkor til biriktirib, 117 mln soʻmlik elektrni talon-toroj qildi
18 Oktabr 2024, 13:44Andijonda giyohvand modda sotayotgan shaxslar ushlandi
18 Oktabr 2024, 13:08O‘zbekistonda oltin quymalar narxi keskin oshdi
18 Oktabr 2024, 12:30Buxoroda saksovul kesganlar ekoinspektorlarga hujum qildi
18 Oktabr 2024, 11:58Surxondaryoda katta bosimli gaz quvuriga avtomobil borib urildi
18 Oktabr 2024, 11:23Samarqandda metan “zapravka” 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
18 Oktabr 2024, 10:48