18 Oktabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi

Dilshod Ahmedov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ yangi rahbari bo‘ladi.

«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi

Dilshod Tursunkulovich Axmedov “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” bosh direktori etib tayinlandi, deya xabar berdi korxona matbuot xizmati.

“O‘zmetkombinat”ning sobiq rahbari, korxonani 2021-yildan buyon boshqarib kelgan Rashid Pirmatov nafaqaga chiqqani munosabati bilan o‘z lavozimini tark etdi.

Yaqin orada Axmedovning tayinlanishini “O‘zmetkombinat” kuzatuv kengashi va aksiyadorlari tomonidan ham tasdiqlanishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Dilshod Ahmedov (1972-yilda tug‘ilgan) — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. U, shuningdek, Moskva “Skolkovo” boshqaruv maktabida o‘qigan.

2021-yil yanvaridan “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida, 2024-yil yanvardan esa investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ish boshlagan.

Mashhur yangiliklar