HAMAS’ning yangi rahbari Yahyo Sinvar ham o‘ldirildi
Isroil HAMAS rahbari Yahyo Sinvar o‘ldirilganini ma’lum qildi.
Isroil armiyasi HAMAS harakati yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida o‘ldirilganini e’lon qildi.
Isroilning G‘azo sektoridagi operatsiyalari chog‘ida HAMAS’ning 3 nafar vakili yo‘q qilingan. Ulardan biri Yahyo Sinvar bo‘lishi mumkin. Hozirda o‘ldirilganlarning shaxsini tasdiqlab bo‘lmaydi, deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.
Ushbu bayonotga ko‘ra, “zarba berilgan binoda garovga olinganlar yo‘q edi”. Avvalroq Sinvar G‘azoning yerosti tunnellarida yashirinib, o‘zini isroillik garovga olinganlar bilan o‘rab olgani aytilgandi.
Isroilning Kan davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, o‘ldirilganlarning DNK namunalari o‘rganilganda HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida halok bo‘lgani fakti tasdiqlangan.
Yahyo Sinvar G‘azo sektorida tug‘ilgan va HAMASning jangchilari qanoti asoschilaridan biri. U 22 yildan ortiq vaqtini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazgan va 2011-yilda falastinlik asirlarni garovga olingan isroillik askarlarga almashish bo‘yicha kelishuv doirasida ozod etilgandi.
2017-yilda Sinvar G‘azo sektoridagi HAMAS yetakchisiga aylandi. Joriy yilning 31-iyul kuni Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniya o‘rniga (avgust oyi boshida) butun tashkilotga rahbar etib tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Hizbulloh” Isroil poytaxtiga raketa hujumi uyushtirdi Eron havo hududi yopilgani sabab bir qancha aviareyslar yo‘nalishini o‘zgartirdi Isroil Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumlarini uyushtirdi HAMAS’ning yangi rahbari ma’lum qilindi Tel-Aviv – Samarqand – Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi