Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 4 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga olib kelindi.
17-oktabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosini kutib olishdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ular Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan “MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” doirasida vataniga qaytarilgan.
Agentlik xabar qilishicha, 2024-yilda jami 100 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda Polshada YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi