17 Oktabr 2024, 08:51 Oʻzbekiston

Uch hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Uch hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Tekshiruvda “Chorbogʻ” MFY hududida faoliyat yurituvchi “T.B.” fermer xoʻjaligi rahbari J.T. elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 106,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Samarqand tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT F.A.ga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish sexida jami 123,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Boyovut tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT E.H.ga tegishli binoda 108,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar